Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi qo‘lga tushdi

Sirdaryoda elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi qo‘lga tushdi

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati bo‘yicha dalolatnomani yo‘q qilib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman bo‘limi hamda DXXning Guliston tuman bo‘linmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sayxunobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi M.S. «P-K.» fermer xo‘jaligida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berishi evaziga ushbu fermer xo‘jaligi rahbarining ukasi Sh.Yu.dan 400 AQSh dollari va 1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring