Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shuni o‘qib, tomog‘imdan ovqat o‘tmadi» — Zafar Hoshimov

«Shuni o‘qib, tomog‘imdan ovqat o‘tmadi» — Zafar Hoshimov

Tadbirkor Zafar Hoshimov Toshkent viloyatida sinfdoshlariga taqiqlangan qo‘shiq – nashid jo‘natgan talaba 3 yilga qamalgani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Kech ishdan kelib, shu maqolani o‘qib, tomog‘imdan ovqat o‘tmadi.

Grant asosida (!) «narxoz»da o‘qib kelayotgan 21 yoshli talaba bir yil avval Yutubdan (ochiq manba) olib, bilar bilmas, sinfdoshlariga yo‘llagan bir nashida uchun uch yil qamoq jazosi olibdi.

Bilar-bilmas, deganim, bu nashidani butun boshli bir diniy qo‘mita o‘rganib, tahlil qilibgina, uning asl mohiyati zararli, deb topibdi. Yosh yigit Yutubda qo‘shiq eshitib, uning bu jihatlarini tushinmagan bo‘lishi mumkin ku, axir.

Bu yigitning umuman yomon niyati bo‘lmagan bo‘lishi ham mumkin…

Ayni yangi Konstitutsiyamizda gumonlar ayblanuvchi foydasiga talqin qilinadi, deyilmaganmi?!

Yoshlik ayni xatolar, adashishlar pallasi. Yuzidan ayon, odobli, aqlli yigit, nahotki, bir xatosi uchun uni shunchalik og‘ir jazolash to‘g‘ri bo‘lsa, yosh umrini xazon qilib, yorug‘ darsxonalarda ilm olib, mutaxassis bo‘lib, vataniga unumli xizmat qilish o‘rniga u zax hibsxonalarda kunlar emas, yillar o‘tkazsa?!

Aminmanki, shu yigit bilan yaxshi tushuntirish o‘tkazib, ota-onasi oldida qattiq ogohlanitirilsa, bir umriga yetib ortardi, do‘stlariga hatto «Nu, pogodi!..» multfilmini ham boshqa yubormaydigan bo‘lar edi…

Mening fikrimcha, bu jazoning o‘zi o‘ta radikal.

Sud-adliya tizimimiz bu hukmni yana bir bor adolat, insonparvarlik va humanizm asnolariga asoslanib, qayta ko‘rib chiqadi, degan umiddaman.

Bu yigitga yoki uning oilasiga hech qanday aloqam yo‘q. Shu siyratini ko‘rib, maqolani o‘qib, ezildim», deb yozadi tadbirkor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring