Shifoxonada o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
![Shifoxonada o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3782431950.jpg)
Joriy yilning 20-iyun kuni fuqaro Quva tumani Taxtako‘prik mahallasi hududida joylashgan tuman tibbiyot bo‘limida davolanayotgan S.B. IIBga murojaat qilib, unda 19-iyun kunidan 20-iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs tuman tibbiyot bo‘limiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 1.300.000 so‘mlik uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.B. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter