Shifoxonada bemorning pulini o‘margan shaxs aniqlandi
2021-yil 8-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani «Yangi hayot» mahallasida yashovchi M.O‘g‘ilshod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu kuni tuman markaziy shifoxonasining «Terapiya» bo‘limida davolanayotgan onasi, shu manzilda yashovchi, M.Roilaning sumkasida bo‘lgan 390.000 (uch yuz to‘qson ming) so‘m pulini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini shu tumanda yashovchi T.Sayyora sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter