Fuqarolarni harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.X., 2 nafar fuqaroga o‘zini harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirib, ularni harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga kelishilgan 3 000 AQSh dollaridan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter