Shahrisabzda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotgan ona ushlandi
Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahar, «Ipak-yo‘li» M.F.Y.da yashovchi fuqaro N.Q. 2019-yil 8-aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandi I.B.ni fuqaro J.R.ga 10,0 mln. so‘mga sotib, o‘z xohishi bilan sotganligi haqidagi tilxatni yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan N.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter