Senat tomorqadan oqilona foydalanmaslik uchun javobgarlik haqidagi qonunni rad etdi
Xabaringiz bo‘lsa, joriy yilning 16 aprelida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan Tomorqa yer uchastkasidan oqilona foydalanmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonun qabul qilingan edi va ma’qullash uchun Senatga yuborilgan edi.
Senatning bugungi yig‘ilishida ushbu qonun rad etildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov o‘z sahifasida ma’lum qilgan.
«Qonunlarning xalqchil bo‘lishi borasidagi Senat a’zolarining bunday qat’iy pozitsiyasi tahsinga sazovordir», — deya fikr bildirdi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter