Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyot bortida noxush holat sodir bo‘ldi

Samolyot bortida noxush holat sodir bo‘ldi

Foto: IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi

Joriy yilning 8-dekabr kuni 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro O.L. Toshkent mahalliy aeroportidan «Toshkent – Namangan» yo‘nalishidagi reysda uchib ketish uchun havo kemasidagi o‘z o‘rniga borib joylashadi. Shundan so‘ng O.L. samolyot bortidagi yo‘lovchilar va havo kemasi ekipaji oldida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bort kuzatuvchilari brigadiri R.Muxametzyanova bilan o‘zaro janjal chiqarib, uni turli so‘zlar bilan haqorat qiladi, deb xabar bermoqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi.

Foto: IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi

Holat bo‘yicha Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga xabar kelib tushgach, boshqarma xodimlari havo kemasi bortiga yetib borib, O.L.ni tinchlantirishga harakat qilishadi. Ammo ayol o‘zining nomaqbul xatti-harakatlarini davom ettirib, to‘satdan R.Muxametzyanovaga tashlanadi va uning bo‘yin qismining chap sohasiga tan jarohati yetkazadi.

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaro O.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro O.L.ga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Surishtiruv davomida fuqaro O.L. aybiga to‘liq iqror bo‘lib, R.Muxametzyanovadan kechirim so‘ragan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi tugatilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring