Samarqandda «valyutafurush» ushlandi
Har bir AQSh dollarini 8400 so‘mdan hisoblab, 10300 AQSh dollarini 86,5 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotayotgan «valyutafurush»lar ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Urgut tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O. va U.lar har bir AQSh dollarini 8400 so‘mdan hisoblab, 10300 AQSh dollarini 86,5 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlangan. Ulardan 10841 AQSh dollari va 2,5 mln. so‘m ashyoviy dalillar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O. va U.larga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter