Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda sog‘liqni saqlash tizimida katta miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi

Samarqandda sog‘liqni saqlash tizimida katta miqdordagi talon-torojliklar aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

Olib borilgan o‘rganishlarda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 9,256 mlrd so‘mlik dori vositalariga muqobil tijorat takliflari mavjud bo‘lgani holda, 14,902 mlrd so‘mga, ya’ni 5,643 mlrd so‘m qimmat narxlarda davlat xaridlarni amalga oshirgani aniqlangan.  Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lum qildi

Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda 4,999 mlrd so‘mlik qiymatdagi tender va 186,1 mln so‘mlik elektron do‘kon shaklidagi xaridlar davlat xaridlariga oid qonun talablariga zid ravishda tashkil qilingan. 

Bundan tashqari, viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 2020 yil 9 oyi davomida jami 1 mlrd 384 mln so‘mlik talon-torojlik, moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali tomonidan tez tibbiy yordam brigadalariga jalb qilinmagan 48 nafar xodimlarga 124,5 mln so‘m rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ortiqcha to‘lab yuborilgan.

Ishchi guruh tomonidan aniqlangan talon-torojlik va suiste’molchiliklar miqdori jami 7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Mazkur hujjatlar asosida Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari va viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring