Samarqandda qizga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi
Samarqand viloyati Narpay tumanida mastlikda begona qizga shilqimlik qilgan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 iyun kuni tumandagi «Mirbozor» bozorida fuqaro S.D. mast holatda notanish U.U. ismli qizning qo‘lidan tortib, unga nisbatan shilqimlik qilgan. U.U. esa Narpay tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, ushbu erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudining 23 iyundagi qaroriga asosan, S.D. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shundan so‘ng, S.D.ning yaqinlari tuman IIBga borib, noroziliklarini bildirgan. Holat S.D.ning yaqinlariga tushuntirib berilganidan so‘ng, fuqarolar uylariga ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter