Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda murg‘ak o‘g‘lini o‘ldirgan ota 18 yilga qamaldi

Samarqandda murg‘ak o‘g‘lini o‘ldirgan ota 18 yilga qamaldi

Videodan kadrlar

Samarqand shahrida erkak va uning shar’iy nikohidagi xotini ijarada yashashgan. Qotillik bo‘lgan kuni ayol va erkak o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Ayol erining aytganini qilmagani uchun sudlanuvchi uning qo‘lidagi 1 yoshga to‘lmagan bolani olib, uni boshi bilan yerga bir necha marta urgan. Bu haqda «Yangi davr» dasturida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, go‘dak voqea joyida vafot etgan. Sudlanuvchi esa qochib ketgan. 

Sud zalida sudlanuvchi aybini tan olmay, o‘ziga qo‘yilayotgan ayblarni rad qiladi. Ammo guvohlar voqeani aytib berishdi. Guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari bir xil chiqqan. Qolaversa, tergov davomida sudlanuvchi bu ishni qanday qilganini ham so‘zlab bergan.

Ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, JKning 97-moddasi bilan 2-qismining «v» va «j» bandlari bilan 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring