Samarqandda «ko‘cha» guruhlari qo‘lga olindi
![Samarqandda «ko‘cha» guruhlari qo‘lga olindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3059382774.jpg)
Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida Samarqand shahri va Pastarg‘om tumanlarida oradagi kelishmovchiliklarni «razborka» orqali hal qilmoqchi bo‘lgan guruhlar qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor xodimlar tomonidan 2022 yil 4 mart soat taxminan 20:30 larda Samarqand shahar Ogahiy ko‘chasida, bir guruh shaxslar o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilikni janjal orqali hal qilmoqchiligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan va ushbu guruhlarning ommaviy janjal qilishining oldi olingan.
Shuningdek, Pastdarg‘om tumanidagi Juma shahri hamda Arabxona mahallalarida yashovchi 15 nafar sportchilar tomonidan «Samarqand-Juma» yo‘nalishdagi avtoshox bekatni zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallash maqsadida, «ko‘cha» yo‘li bilan hal qilish uchun yig‘ilgan vaqtida qo‘lga olinib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan.
Holat bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter