Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 16 yoshli qiz 40 yoshli erkakni sharmanda qilmoqchi bo‘ldi

Samarqandda 16 yoshli qiz 40 yoshli erkakni sharmanda qilmoqchi bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 19-aprel kuni Samarqand viloyat IIB boshlig‘i nomiga 40 yoshli U.T. ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 16 yoshli M.A. u bilan gaplashib yurganligini oila a’zolariga aytib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, 1 500 AQSh dollar talab qilayotganligi haqida ma’lum qiladi.

Shu kuni soat 21:30da M.A. 1 500 AQSh dollarni tovlamachilik yo‘li bilan U.T.dan olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.

Tadbir davomida, M.A.dan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 1 500 AQSh dollar pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring