Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand. Ramazonda 159 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

Samarqand. Ramazonda 159 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

Foto: Flickr

Jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Samarqand viloyat sudlari tomonidan muqaddas Ramazon oyida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga JIB Samarqand viloyati sudi raisi o‘rinbosari O‘tkir Mamadalev ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra,  muborak oyi davomida  viloyatdagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 159 nafar mahkum tayinlangan jazodan (muddatidan ilgari) shartli ravishda ozod qilindi. Shuningdek, yana 14 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirilgan. E’tiborlisi, jazosi yengillashtirilganlarning barchasi oilasi bag‘riga qaytgan.

Shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan 159 nafar mahkumdan 77 nafari ozodlikni cheklash, 72 nafari axloq tuzatish ishlari, 9 nafari esa muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ozod qilingani aytiladi.

Ozod qilingan mahkumlardan 56 nafari yoshlarni tashkil qiladi. Turgan gap, bu adashgan yoshlarga berilgan yana bir imkoniyatdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring