Saida Mirziyoyeva: «Jinoiy jazo tayinlamaguncha bir joyda qotib turaveramiz»
Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva masala yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
«Oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamaguncha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz.
Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi, yuzaki choralar ham, eng ilg‘or gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham.
Oldin ayollar oldidagi mas’uliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin bo‘ladi», dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter