Saida Mirziyoyeva: «Endi voyaga yetmaganlar bilan aloqa og‘ir jinoyat sanaladi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi»
Bugun Senat bolalar va ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Saida Mirziyoyeva bu uchun kurash hamma uchun juda qiyin kechganini qayd etdi.
«Prezident imzolagach, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilayotgan ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirsa, biz nihoyat tajovuzkorlarni javobgarlikka tortish orqali ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qila olamiz.
Endilikda voyaga yetmagan shaxs bilan aloqa jamoat xavfi bo‘lmagan jinoyatlar toifasidan og‘ir jinoyat qatoriga o‘tdi.
Biz voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilgan va qamoqdan qutulib qolmoqchi bo‘lganlar uchun bo‘shliqlarni yopamiz. Endi bu qilmish uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Bu esa davlat har qanday zo‘ravonlikka qarshi qat’iy kurashayotgani haqida jinoyatchilarga yaqqol ishora!
Qonun bilan bog‘liq jarayonlarga aloqador bo‘lgan va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bu o‘zgarishlar uchun harakatlar juda uzoq vaqtdan beri davom etmoqda hamda bu qiyin va uzoq yo‘lning hali boshlanishi.
Biz ijtimoiy me’yorlarni, jamiyat sifatida o‘zimizni o‘zgartiramiz. Davlatning ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash uchun hammasiz eng zaif qatlamlarni himoya qilishimiz shart», dedi Saida Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter