Rossiyadan O‘zbekistonga kirayotgan mashinadan to‘pponcha chiqdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Dovud-ota» chegara bojxona postiga Rossiya Federatsiyasidan «Lada Largus» rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari va bagaji bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, fuqaro pnevmatik to‘pponchani olib kelayotganligi aniqlandi.
Bojxona nazorati davomida fuqaroga tegishli qora rangli sumka ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 1 dona 4.5 mm.li «Stalker» nomli pnevmatik to‘pponcha, 25 dona pnevmatik to‘pponcha gaz ballonlari hamda 1482 dona pnevmatik to‘pponcha o‘qlari borligi aniqlandi.
Huddi shunday yana bir holatda «Dovud-ota» chegara bojxona postiga «LACETTI» rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilganida 1 dona «Ansar BRT 9 mm» nomli shovqinli to‘pponcha hamda 36 dona «9 mmli R.A.K» nomli rezina uchli patronlarni Rossiya Federatsiyasidan Qozog‘iston Respublikasi orqali O‘zbekiston Respublikasiga olib o‘tayotganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasiga pnevmatik qurollarni olib kirish Ichki ishlar Vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomaga ega bo‘lmagan har qanday qurolni bojxona chegaralari orqali olib o‘tishga urinish javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter