«Rossiyaga borasanmi, bilet olib beraman...»
Buxoroda fuqarolarni Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketishi uchun aviachipta olib berish evaziga firibgarlik bilan pul undirgan shaxs ushlandi.
Huquq-tartibot organi tomonidan «Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, Jondor tumani «Paxlavon» mahallasida yashovchi 28 yoshli J.D. Peshko‘ tumanigi «Ibn Sino» mahallasida yashovchi 23 Q.Sh. ga uni va tanishlarini go‘yoki Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida yuborish uchun bilet xarid qilib berishni aytgan. Q.Sh.dan aldov yo‘li bilan 2.300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter