Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev sud raisi uni izza qilmoqchi bo‘lganini aytmoqda

Rasul Kusherbayev sud raisi uni izza qilmoqchi bo‘lganini aytmoqda

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi jamoatchilikka yana bir bor yolg‘on axborot taqdim etdi, deb yozmoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.

Uning aytishicha, fuqaro A.Dosmuhamedovni uyidan majburiy ko‘chirish va «snos» masalasidagi FIB Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasi sudi majlisida bir necha bor kuzatuvchi sifatida qatnashgan.

«Sudga raislik qilgan shaxs, sud majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotganimda meni turg‘izib, izza qilish maqsadida «nega sudga salom bermading», deya menga tanbeh bergani, men salom berib kirganim, biroq u kishi eshitmagani, qolgan barcha ishtirokchilar eshitgani, agar ular istasa, oldilariga borib qo‘llarini olib ham salomlashib kelishim mumkinligini aytganimda, rais bu shartmasligini bildirgach, indamay kuzatishda davom etganim bo‘lgan holat.

Raisning ushbu holati, yaqinda «UzAvtoMotors» va fuqaro o‘rtasidagi ishga tiklash bo‘yicha ochiq sud majlisiga meni asossiz qo‘yishmagani uchun sud ustidan shikoyat yozganim sababidan «bu joyda men raisman», deb o‘zini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida bo‘lgandir, deb o‘yladim. Ochig‘i, inson tabiatida bunday bo‘lishi mumkin. Shu sabab bunga ortiqcha e’tibor qilmagandim.

Biroq bugun ushbu bayonotni ko‘rgach, bildirishga majbur bo‘ldim.

Hurmatli sud, kuzatuvchi sifatida men sizning o‘sha kuni salom bermading, deb (garchi bu FPKda ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da) meni izza qilish maqsadida turg‘izib qo‘yib tanbeh berganingiz va jurnalistga ochiq sud majlisini tasvirga olish uchun ruxsat bermaganingizga guvohlik beraman. Buni ko‘rgan o‘nga yaqin guvohlar ham bor. Yolg‘on bayonotlar berishdan tiyiling, bu men bilgan ikkinchisi!», deb yozadi deputat.

Shuningdek, qo‘shimcha qiladi: «Oliy sud quyi sudlardagi bu kabi ishlarni shunchaki kuzatib turishi to‘g‘ri bo‘lmasa kerak».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring