Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy bayonot: prokuraturaga ishga kirgizib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Rasmiy bayonot: prokuraturaga ishga kirgizib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Foto: «Nk-online.ru»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro I.E.ning arizasi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Muallif arizasida «Nosir» ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali tanishi A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga jami 30.000 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5000 AQSh dollarini oldindan berishni so‘raganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan 2021-yil 4-aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan «Denov» choyxonasida ariza muallifi I.E.dan 5000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring