Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonuniylikni buzgan uch nafar sudya ishdan olindi

Qonuniylikni buzgan uch nafar sudya ishdan olindi

Uch nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgani haqida Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan yozma arizalari hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganliklari uchun:

Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari Islomjon Xamrayev;

Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining sudyasi Davran Nuraliyev;

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi Erkin Eshonboboyev lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring