Qidiruvdagi shaxs Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekistonda bir necha oy davomida qidiruvda bo‘lgan shaxs Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi. Bu haqda «Fontanka.ru» nashri Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmalari xabarlariga asoslanib ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 25 yoshli ushbu fuqaro 2020 yilning yozida bir necha shaxs bilan birga oziq-ovqat do‘koni egasiga tayoq va bitalar bilan hujum qilgan.
Hodisaning deyarli barcha ishtirokchilari zudlik bilan qo‘lga olingan. Faqat 25 yoshli U.T. Rossiyaga qochib ketishga ulgurgan. Peterburgda u qurilish-montaj ishlari bilan shug‘ullanib yurgan.
U.T. Sankt-Peterburg janubidagi ijara uyida 17-mart kuni «Granit» maxsus tezkor otryadi tomonidan qo‘lga olingan.
Qo‘lga olingan fuqaro hududiy politsiya bo‘limiga keltirilgan. Ayni paytda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish masalasi muhokama qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter