Qibraydan auksion orqali 2 gektar yer olib berishni va’da qildi, ammo...
Auksion orqali 55 000 AQSh dollariga yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.A. fuqaro A.ni Qibray tumani hududidan auksion orqali arzon narxlarda 2 gektar yer maydonini olib berishga ishontirib, evaziga uning 55 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter