Qaynonasining otasidan pul ololmagan kuyov jinoyatga qo‘l urdi (video)
Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan birida yirik bosqinchilik jinoyati sodir etildi. Xonadonga yuzini bekitib olgan 7 nafar jinoyatchi bostirib kirib, uy egalarining oyoq-qo‘lini bog‘lab qo‘ygan va ichida katta miqdorda pul bo‘lgan seyfni olib chiqib ketishgan.
IIBB tomonidan xabar qilinishicha, guruh a’zolari iz qoldirmaslik uchun hatto kuzatuv kameralari xotirasini yechib ketishgan. Ammo ularning ishi baribir xom bo‘lib chiqdi, shahardagi yuzlab kuzatuv kameralaridan biriga jinoyatchilarning tayyorgarlik jarayoni tushib qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilarning boshlig‘i begona bo‘lmagan, ushbu xonadonga nevara-kuyov bo‘lgan. Bosqinchilar hech narsaga tegmasdan, faqat seyf turadigan joy oynasini sindirib, seyfni olib chiqib ketishgan.
— Xonadon egasi qaynonamning otasi bo‘ladi. U hamma joyda 300 ming dollar pulim bor, deb maqtanib yurardi. Qaynonam insult bo‘lib qoldi, dori-darmon uchun pul kerak edi. Qarz so‘rasam, bermadi. Bermadi, shunga ahmoqlik qilib, jahl ustida shu ishni qilib qo‘ydim. Pushaymonman, — deydi nevara-kuyov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter