Qamoqqa olingan xonandaning jinoyat ishi sudga oshirildi
O‘zbekistonlik xonanda jiddiy ayblov bilan qamoqqa olingani xabar qilingandi.
Fuqaro J.U. voyaga yetmagan Sh.M. ni nomusiga tekkani holati bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvidagi O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi maqbul dalillar bilan to‘liq tasdiqlanganligi sababli, unga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan, shuningdek, u bilan birga bo‘lgan fuqaro A. va Sh. lar Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi va boshqa moddalari bilan ayblangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 5 yanvar kuni tergovga oid barcha jinoyat ishi hujjatlari mazmunan ko‘rib chiqish uchun tegishli sudlov organiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter