Qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi xodimlari bilan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro Sh.Q. va D.T.lar qalbaki kupyuralarni o‘tkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter