«Propiska»dan xalos bo‘lish bizga nima beradi?
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi «propiska» tizimidan xalos bo‘lishdagi ilg‘or qadam hisoblanib, quyidagilarga olib keladi:
— Toshkent shahrida «yashirin» tarzda istiqomat qilayotgan fuqarolar qonuniy tarzda mol-mulk sotib olishadi va korrupsiogen holatlar bartaraf etiladi (163,3 mingta vaqtincha ro‘yxatga olingan shaxslarning aksariyatida uy-joy birovning nomiga rasmiylashtirilgan);
(2012–2019 yillarda Toshkent shahrida jami 219 604 nafar, Toshkent viloyatida 76 912 nafar fuqarolar propiska qilingan)
— fuqarolarning erkin ko‘chib yurish va xususiy mulk sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanadi;
— vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilishi hamda fuqarolarni o‘z xohishi bilan ro‘yxatdan o‘tishga undaydigan mexanizmlarning yaratilishi – vaqtincha turgan joyi va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan turish o‘rtasidagi farqni olib tashlashga ko‘maklashadi;
— hujjatlarni yig‘ishga ketadigan o‘rtacha 3 kun, idoralar o‘rtasidagi ovoragarchiliklarga barham beriladi;
— «Yagona darcha» tamoyilining kiritilishi natijasida ichki ishlar organlariga 1 marta (oldin 2 marta) boriladi, mudofaa (oldin 2 marta) hamda kadastr (oldin 1 marta) bo‘limlariga borish esa umuman zarurat bo‘lmaydi;
ro‘yxatga olishning elektron tizimi yaratiladi va idoralarning tegishli elektron bazalari shakllanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter