Prokuror yordamchisi qo‘lga tushdi
1-noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Piskent tumani prokurorining yordamchisi sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1.500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter