Prokuratura katta miqdordagi talon-torojlikni fosh etdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Unda «Qo‘ng‘irot un zavodi» AJ tomonidan shartnomaviy munosabatlar asosida ishlab chiqarish uchun qabul qilib olingan jami 1700 tonna sholi mahsuloti moddiy javobgarlik shartnomasi asosida B.A.ning javobgarligiga berilib, Qonliko‘l tumani, «Jayxun» OFY hududida joylashgan, jamiyatga ijara shartnomasi asosida foydalanishga olingan omborga joylashtirilgan.
«O‘zdonmahsulot» AK boshqaruv raisi buyrug‘iga asosan B.A.ning javobgarligidagi sholining kirim va chiqimi inventarizatsiyadan o‘tkazilganida 1 mlrd. 177 mln. 141 ming 861 so‘mlik 817 ming 902 kg. sholi mahsulotlari kamomadi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter