Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura «IIB tomonidan urib o‘ldirilgan yigit» haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi

Prokuratura «IIB tomonidan urib o‘ldirilgan yigit» haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi

Foto: «News.yandex.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida 20 yoshli yigit ichki ishlar xodimlari tomonidan urib o‘ldirilganligi haqidagi xabar tarqalgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Quva tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, Quva tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. 02.04.2021-yil kuni tumandagi Toshkent MFY hududi joylashgan Qo‘rg‘oncha guzari yonida piyoda harakatlanib, to‘satdan sog‘ligi yomonlashib, yiqilib vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, A.A.ning tanasida uning o‘limi bilan uzviy bog‘liq tan jarohatlari aniqlanmagan hamda marhumning o‘limiga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak-qon tomir kasalligi va ikkala buyrak polikistozi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.

Tekshiruv harakatlari davom etmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyat prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i xabar bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring