Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Andijondagi hodisa haqida ma’lumot berdi

Prokuratura Andijondagi hodisa haqida ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon shahar filialiga 2021-yil, 13-iyul kuni ertalab soat 06:00 da Andijon shahrida yashovchi I.Shaxobov jiddiy tan jarohatlari olgan holda kelib tushgani haqida deputat Jahongir Jiyanov xabar bergandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Andijon shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro I.Shaxobovning viloyat IIB PPX va JTSB xodimlarining xatti-haraatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, 13-iyul kuni Andijon shahri, «G‘ayrat» MFY, Anorzor ko‘chasi, 16-uyda yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan I.Shaxobov shahar prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2021-yilning 12-may kuni soat 23:00 lar chamasida, Andijon shahar, Eski shahar hududida joylashgan «Xaticha» nomli kafe oldida do‘stlari bilan gaplashib turgan vaqtida, 2 nafar viloyat IIB PPX va JTSB xodimlari kelib, ularni karantin qoidalarini buzayotganligini aytib, qo‘pol munosabatda bo‘lganligini va yaqin oradagi IIB binosiga olib borishlarini aytib, uni ortidan quvlab ushlaganini va avtopatrul mashinasiga qo‘l kishan bilan joylayotganida qo‘lining ikki barmog‘ini sindirishganini, shuningdek uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi hisoblangan Andijon shahar, «G‘ayrat» MFY, G‘ayrat ko‘chasi va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan videotasvirlar ko‘zdan kechirilgan, shuningdek, viloyat IIB boshlig‘iga xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida taqdimnoma kiritilgan va fuqaro I.Shaxobovga yetkazilgan tan-jarohati, uning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda I.Shaxobovning murojaati bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring