Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi

Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan fuqarolardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlangan.

Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi. Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qilib o‘tdi.

— Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma;
— Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
— Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
— Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
— Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
— Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring