«O‘ztransgaz» mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabariga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi qarori nusxasi tarqaldi.
Mazkur holatga Bosh prokurtura rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilganida, tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘laqonli o‘tkazilmasdan qaror barvaqt qabul qilinganligi aniqlangan.
«Shu sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qaror 16 may kuni bekor qilinib, qo‘shimcha ravishda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borishlik uchun yuborilgan», deyiladi munosabatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter