Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Otabek Sattoriyning apellyasiya sudi sanasi belgilandi

Otabek Sattoriyning apellyasiya sudi sanasi belgilandi

Foto: YouTube

2021-yil 29-iyun kuni soat 11.00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi O. Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyasiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining apellyasiya sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudi tomonidan bloger Otabek Sattoriy JKning 139-moddasi 3-qismi «a», «g» bandlari (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish) va 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring