Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladi
Jinoyat kodeksining 139 (tuhmat), 140 (haqorat qilish) va 165 (tovlamachilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqishga doir ochiq sud jarayoni jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudida 2021-yil 11-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Avvalroq Surxondaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonini yakunlanganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, tovlamachilikda ayblanayotgan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning qamoqqa olinishi bo‘yicha jamoatchilik tomonidan xolis tekshiruv o‘tkazilishi talab qilishgandi.
Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Surxondaryoda hokimlarni tanqid qilib kelgan bloger Otabek Sattoriyning bozorda videoga olayotgan paytda ma’muriyatdagilar tomonidan telefoni sindirilgan va shu telefoni uchun yangisini olayotganda unga tovlamachilik aybi ilingani haqida xabar qoldirgandi.
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi ham bloger Otabek Sattoriyning qamoqqa olinishi holatiga munosabat bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter