O‘ta yirik o‘g‘irlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShda ushlandi
Interpolning AQShdagi Milliy markaziy byurosi orqali qidiruvda bo‘lgan shaxs aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarildi.
O‘zbekiston Interpol MMB axborot bilan ta’minlash va AQSh vakolatli organlari xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksi 169-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik hajmdagi o‘g‘irlikni sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlanib, chiqarib yuborilgan.
Amerika tomoni, O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari va AQSh vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar va axborot almashinuvi natijasida qidiruvdagi shaxsni mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Jinoyatda gumonlanayotgan shaxs AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari hamkorligida Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelindi va O‘zbekiston Interpol xodimlariga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter