Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota farzandlari tomonidan uyidan haydalgan edi...

Ota farzandlari tomonidan uyidan haydalgan edi...

Majburiy ijro byurosi faoliyatida sudda nizolashib, o‘zaro murosaga kela olmayotgan oilaviy va fuqarolik munosabatlarga oid amalda ijrosi mushkul bo‘lgan ishlar ko‘plab uchraydi.

Oiladagi turli kelishmovchiliklar, murosasizliklarga sabablar ko‘p. Ularning ayrimlari arzirli, ammo ko‘pchiligi oilaviy janjal va kelishmovchiliklarga ham arzimaydi.

Azizovlar (o‘zgartirilgan) oilasida ham o‘zaro nimadir bo‘ldi-yu, Shodmon o‘z xotini va farzandlari bilan chiqisholmay qoldi va aqlga sig‘maydigan holat yuz berdi — ota o‘z uyidan haydab yuborildi.

O‘z uying, o‘lan to‘shaging emasmi, Shodmon qarindoshlarinikiga ham sig‘madi. O‘z uyiga kirishga bir necha marotaba harakat qildi, ammo na shuncha yil bir yostiqqa bosh qo‘ygan turmush o‘rtog‘i, na shuncha yil tarbiyalab, voyaga yetkazgan farzandlari bunga yo‘l qo‘yishmadi.

Shodmon Azizov masalani sud tartibida hal qilishga kirishdi va turmush o‘rtog‘ini sudga berdi. Sud qarori bo‘yicha ijro varaqasi 27.04.2023 yilda Byuroning Kasbi tuman bo‘limiga kelib tushdi. Ijro hujjati yuzasidan qarzdorlarga bir necha marotaba ogohlantirishlar, huquqiy tushuntirishlar berildi, ammo ular ijro hujjati talabini ixtiyoriy bajarmadi.

Shu sababli Byuroning tuman bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotlar va xolislar ishtirokida majburiy ijro harakatlari tayinlandi. Qarshiliklar va to‘s-to‘polonlarga qaramay, xodimlar tomonidan 12 sotixli hovli o‘rtasidan teng bo‘lindi va ota uyning 2-yarmiga kiritib qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring