Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-onasiga aliment to‘lashdan bosh tortgan farzand qamoqqa olindi

Ota-onasiga aliment to‘lashdan bosh tortgan farzand qamoqqa olindi

Majburiy ijro byurosi organlarida, o‘z ota-onasiga aliment to‘laydigan va hattoki uni to‘lashdan bo‘yin tovlaydiganlar ham uchraydi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor E.K.dan otasi va onasi S.K. va M.K.larga har oyda 300.0 ming so‘mdan aliment undirish belgilangan. Biroq, qarzdor 17 oy davomida ota-onasi uchun jami 9.6 mln so‘m alimentni to‘lashdan bosh tortib kelgan.

Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor E.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-5-moddasi 1-qismi bilan hujjatlar to‘plangan va sud qarori bilan unga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring