Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayev bugun aeroportda to‘xtatib qolingan — manba

Ortiqxo‘jayev bugun aeroportda to‘xtatib qolingan — manba

Foto: «Xabar.uz»

Sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun ertalab oilasi bilan shahardan uchib ketmoqchi bo‘lganida DXX tomonidan to‘xtatib qolingan.

Bu haqda «Effekt Makarenko» kanali ma’lum qildi.

«Toshkent aeroportidagi manbalarimga ko‘ra, poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun ertalab oilasi bilan shahar tashqarisiga uchib ketmoqchi bo‘lgan.

Ammo uni Davlat xavfsizlik xizmati to‘xtatib qolgan.

Rasmiy axborotni kutib qolamiz», deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, bugun prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilgani e’lon qilindi.

Davlat rahbari uning «oyog‘i yerdan uzilgani»ni aytdi (video).

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring