«O‘rtakash» advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
![«O‘rtakash» advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/5/720_460_95_3515825979.jpg)
Samarqandda advokat A.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Manbamizga ko‘ra, u fuqaro I.T. (ayol, nafaqada)dan uning turmush o‘rtog‘ini «yuqorida ishlaydigan» tanishlari orqali jinoiy javobgarlikdan ozod etish evaziga 2500 AQSh dollar olgan. Biroq va’dasining ustidan chiqmagan. I.T. arizasi asosida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish jarayonida qayd etilgan holatlar isbotini topgani aytilmoqda.
Ayni paytda advokatga nisbatan firibgarlik (168-modda) va pora berishga qasd qilish (28,211-modda) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter