Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quvchilarning qo‘liga avtomashina kalitini bermang!

O‘quvchilarning qo‘liga avtomashina kalitini bermang!

Foto: «Zapad24»

Kecha, 2-yanvar kuni maktab va kollej o‘quvchilarining hujjatlarsiz mashinani ko‘chaga haydab chiqishi oqibatida ikki noxush hodisa sodir bo‘ldi. Biri — Qibrayda, ikkinchisi — Samarqandda.

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi Agrotadbirkor kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sh.A. 2 yanvar kuni «Spark» mashinasini tegishli hujjatlarsiz ko‘chaga haydab chiqqan.

Natijada Ulug‘-yo‘l ko‘chasida piyoda ketayotgan viloyat ichki ishlar xodimini urib yuborgan. Xodim «bosh miya ochiq jarohati va 2-3-darajali koma holati» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, Samarqand shahrida 2 yanvar kuni Samarqand tumanida yashovchi 35-sonli o‘rta maktabning 14 yoshli 9-sinf o‘quvchisi D.X. hujjatlarsiz bobosi nomidagi «Lasetti» rusumli avtomashinani Zarafshon shox ko‘chasida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan «Matiz» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Matiz» avtomashinasi haydovchisining 3 yoshli o‘g‘li jarohat olib voqea joyida vafot etgan va haydovchi hamda uning turmush o‘rtog‘i va 1 yoshli qizi jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring