Oltiariqda ombor mudiri 807,1 mln so‘mlik ko‘mirni talon-toroj qildi
«Ko‘mir ta’minot» MChJga qarashli Oltiariq ko‘mir ombori sobiq mudiri M.M. o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan umumiy qiymati 807,1 mln so‘mlik (1 566 tonna) ko‘mir mahsulotlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Qish-qirovli kunlarda shuncha mahsulot talon-toroj qilingani Departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yuzaga chiqqani aytiladi.
Turgan gapki, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida ayblanuvchilar safi kengayishi ehtimoldan holi emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter