Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Masjlisi Senati qarori bilan Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Parlament yuqori palatasi qarori ko‘ra:

Murodjon Abduqoxorovich Ababakirov (bungacha Toshket viloyati ma’muriy sudi rasi vazifasida ishlagan),

Azamat Shodmonovich Ikromov (bungacha fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi raisi vazifasida ishlagan);

Farrux Djamshidovich Tursunov (bungacha jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi vazifasida ishlagan) o‘n yil muddatga  Oliy sud sudyalari etib saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasida sho‘’ba bosh inspektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Aziz Abrorovich Asrarov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyaligiga loyiq deb topildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring