Oliy sud sobiq vazir nega qamoqqa olinganini ma’lum qildi
Avvalroq sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Bosh prokuror o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan Aziz Voitov (erkak, 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 14 dekabrdagi ajrimi bilan Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Aziz Voitovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter