Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell yetakchi huquqshunosining maqolasi Oliy sud jurnalida e’lon qilindi

Ucell yetakchi huquqshunosining maqolasi Oliy sud jurnalida e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining huquqiy ilmiy-amaliy nashri — «Pravosudiye» («Odil sudlov») jurnalida Ucell kompaniyasi yetakchi huquqshunosi Doniyor Abduqodirovning maqolasi chop etildi.

Doniyor Xusanovich huquqshunoslik sohasida 18 yillik tajribaga ega, huquq fanlari nomzodi va Toshkent davlat yuridik universitetida pedagogik ish tajribasiga ega.

Kompaniyaning korporativ huquqshunosi sifatida faoliyat yuritib, avvalgi parlament tajribasi asosida «Konstitutsiyaviy huquq» yo‘nalishi bo‘yicha yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

«Ko‘chadagi oddiy odamning nigohi parlament faoliyatining faqat tashqi tomonini ilg‘aydi. Deputatlar va senatorlar o‘tkazadigan yig‘ilishlar kabilar. Holbuki, parlament apparatining turli bo‘limlari va boshqa bo‘linmalari tomonidan taqdim etilayotgan mazkur faoliyatning «parda ortidagi» tomoni ko‘p hollarda ko‘zdan chetda qolmoqda.

Qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligi parlament ichki tashkiliy tuzilmasining yaxshi muvofiqlashtirilgan ishiga bog‘liq. Bu jarayonning natijasi har bir amaliyotchi advokat shug‘ullanayotgan huquqni qo‘llash sifatini belgilab beruvchi qonunlardir, bu esa tegishli ravishda Kompaniyaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga bevosita dahl qiladi», — deb o‘rtoqlashdi huquqiy masalalar bo‘limi yetakchi yuridik maslahatchisi Doniyor Abduqodirov.

Ucell yetakchi huquqshunosining maqolasini ushbu havolada o‘qishingiz mumkin.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring