O‘lganlar nomiga pensiya: bosh inspektor va kassirning kirdikorlari fosh bo‘ldi
Bosh prokuraturada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev korrupsiya holatlari bo‘yicha aniq faktlarni keltirmoqda.
Yig‘ilishda budjet mablag‘larining ratsional taqsimlanishi va maqsadli ishlatilishi yuzasidan davlat nazoratiga mas’ul moliya organlarida yuklatilgan vazifalar talab darajasida bajarilmayotgani tanqid ostiga olindi.
Moliya organlarining budjet sarfini to‘laqonli nazorat qilishiga tizimdagi korrupsiya holatlari ham to‘sqinlik qilmoqda.
O‘tgan ikki yilda moliya organlarining 41 nafar xodimi korrupsiya holatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Masalan, Davlat moliyaviy nazorati departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi N. Uzun qurilish kollejida aniqlangan 265 mln. so‘mlik kamomadni yashirish evaziga kollej bosh hisobchisi A.dan 2.000 dollar va 500 ming so‘m olganligi uchun sud hukmi bilan jazoga tortilgan.
Yoki, G‘aznachilikning Andijon viloyati boshqarmasi mansabdor shaxslari xodimlarga ish haqi berish vaji bilan bankdan 1 mlrd. so‘m ortiqcha pul olishga erishib, uni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.
Vazirlik tizimidagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 22 nafar xodimi pensiya uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilganligi va boshqa suiiste’molchiliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Masalan, jamg‘armaning Piskent tumani bo‘limi bosh inspektori M. «Xalq banki» kassiri H. bilan birga, 142 nafar vafot etgan fuqaro nomiga pensiya rasmiylashtirib, jami 86 mln. so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter