Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OIVni qasddan yuqtirganlar ushlandi

OIVni qasddan yuqtirganlar ushlandi

Toshkent viloyati IIBB JQB Axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan yilning o‘tgan 6 oyi davomida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta jinoiy holat aniqlandi.

Misol uchun, Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli ikki ayol OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, joriy yil iyun oyida 35 va 53 yoshli shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi va bu orqali ushbu shaxslar va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirganligi aniqlangan. Shaxslar protsessual ushlangan.

Shu kabi Angren shahrida yashovchi 24-43 yoshlardagi uch nafar ayol va bir nafar erkak ham OIV kasalligi bilan ro‘yxatda turib, qonuniy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay o‘zga shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lganligi aniqlangan va tegishli tartibda ushlangan.

Aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring