Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda xorijiy korxonani 329,4 mlnga «tushirgan» bosh hisobchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ohangaronda xorijiy korxonani 329,4 mlnga «tushirgan» bosh hisobchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan «R.T.» MChJ shaklidagi xorijiy korxonaning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda korxonaning sobiq bosh hisobchisi M.D. korxona rahbarining xabardorligisiz, bank kliyent dasturidan foydalangan holda elektron kalit orqali korxonaning bankdagi hisob raqamidan asossiz ravishda ish haqi, kreditlarni so‘ndirish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirib, 329,4 mln so‘m mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring