«O‘g‘ri» usta uzoqqa qocholmadi
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMBga Xitoy xalq Respublikasi fuqarosi 52 yoshli HAO ZHIYONG ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra 2021-yil 1-aprel kunidan 13-aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yakkasaroy tumani A.Qahhor ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan «Jitong» mehmonxonasi yotoqxonalaridan 4 dona jami 8 000 000 so‘mlik «Moonx» rusumli televizorlar noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni mazkur mehmonxonada ustachilik qilgan 38 yoshli S.Matnazar sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan S.Matnazarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter